Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar qullikda saqlangani aniqlandi (video)

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar qullikda saqlangani aniqlandi (video)

Olmaota va Chimkent shaharlarining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari mahalliy mehnat qulligida ushlab turilgan 60 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosini ozod qildi, deb xabar bermoqda Polisia.kz.

Qayd etilishicha, Aqto‘be shahrida yashovchi shaxs politsiyaga murojaat qilib, uning O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ukasi Chimkentdagi g‘isht zavodida mehnat qulligidan qochgani va Olmaotaga yetib kelgani, biroq u o‘sha yerda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berganidan so‘ng tergov boshlagan.

«Xabar kelib tushgach, Olmaota Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi va Auezov tuman IIB xodimlari Chimkentga jo‘nab ketishdi, u yerda uch nafar «ish beruvchi» qo‘lga olindi», deyiladi IIV xabarida. 

Ikkita g‘isht zavodi hududini tintuv qilish chog‘ida tezkor xodimlar 60 nafardan ortiq ishchilar borligi, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum bo‘lgan.

O‘tkazilgan tergov-surishtiruv ishlari davomida zavodga ishga taklif qilingan xorijliklarning hujjatlarini olib qo‘yishgani, oyliklarni bermay, vaqti-vaqti bilan jismoniy zo‘rlik ishlatib, o‘lim bilan qo‘rqitishgani aniqlangan.

G‘isht zavodlari egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring