Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qudratxo‘jayev Xorazmga yuborilishi mumkin

Qudratxo‘jayev Xorazmga yuborilishi mumkin

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) direktori Botir Qudratxo‘jayev Xorazm viloyati prokurori etib tayinlanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayni xabarni MIB va prokuraturadagi manbalarimiz tasdiqlagani yo‘q, shu barobarida inkor ham etmadi. Aytishdiki, shunaqa gaplar bor, ammo tegishli buyruq chiqmaguncha bir nima deyish qiyin...

Harbiy prokuraturada suyagi qotgan Botir Qudratxo‘jayev Surxondaryo va Toshkent shahar prokurori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Prokurorlar uchun «og‘ir hudud» hisoblanmish har ikki joyda «gapi chiqmay» ishlagan B. Qudratxo‘jayev 2017-yilda yangi tashkil etilib, maqomi Bosh prokuror o‘rinbosariga tenglashtirilgan Majburiy ijro byurosi direktori etib tayinlangandi.

Shu paytgacha Xorazm viloyati prokurori vazifasini ado etib kelgan Jahongir Hotamov Namangan viloyati prokurorligiga tayinlanganidan xabaringiz bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring