Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qulayotgan dronlar britanlarning boshiga tushmoqda

Qulayotgan dronlar britanlarning boshiga tushmoqda

Foto: «DJI.com»

Buyuk Britaniya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi («The Civil Aviation Authority») «DJI» rusumli dronlarning parvozini vaqtinchalik taqiqladi. Negaki ular bir tushunarsiz nosozlik sabab yoppasiga yerga qulay boshladi, deya xabar berdi «Digital Trends».

Aniqrog‘i, muammo «DJI» 2017-yili chiqargan «Matrice 200» dronlarida. Og‘irligi 3,8 kilogrammlik bu dronlar oxirgi paytlarda beqaror ucha boshlagani, yerga qulayotgani, hatto odamlarning boshiga kelib tushgani qayd etilgan. Baxtli tasodif tufayligina hozircha hech kimsa «Matrice 200» qulashidan talofat ko‘rgan emas.

FAB nosozlik to‘g‘rilanguniga qadar «Matrice 200»larni uchirishni taqiqladi. Bunga javoban «DJI» ichki surishtiruv o‘tkazishga va’da berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring