Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurbon hayiti namozi vaqti ma’lum qilindi

Qurbon hayiti namozi vaqti ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Yurtimizdagi jome masjidlarda 2022 yil 9 iyul shanba kuni Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, poytaxt masjidlarida shanba kuni ertalab soat 05:20 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.

Boshqa viloyat va hududlarda esa, namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib, quyosh chiqqandan so‘ng o‘qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring