Ramzan Qodirov «Prigojin kabi o‘lim topishi» haqidagi gaplarni izohladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining yaqin orada xuddi Yevgeniy Prigojinga o‘xshab o‘lishi haqidagi mish-mishlarga izoh berar ekan, u dinga, o‘z vataniga, uning manfaatlariga tegishli ekanligini va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning har qanday buyrug‘ini, hatto oqibat o‘lim bo‘lsa ham, bajarishga tayyorligini aytdi.
Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida yozgan.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uning tez o‘limini bashorat qilayotgan siyosatshunoslarning xorijiy nashrlardagi fikrlari uni hayratda qoldirgan.
U Putinning «natijasi o‘lim bo‘lsa ham» har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Avvalroq, ayrim G‘arb nashrlari Putinning keyingi nishoni Ramzan Qodirov bo‘lishi haqida yozgandi.
Bungacha Qodirov tadbirkor Yevgeniy Prigojin milliy miqyosdagi muhim shaxs ekanligini, u Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududidagi urushiga katta hissa qo‘shganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter