Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirovning rafiqasi «Qahramon ona» bo‘ldi

Ramzan Qodirovning rafiqasi «Qahramon ona» bo‘ldi

Foto: VKontakte/Ramzan Qodirov

Prezident Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning rafiqasi Medni Qodirovaga «Qahramon ona» unvonini berdi.

«Vikipediya» yozishicha, Medni va Ramzan Qodirovlar 12 farzandni (to‘rt nafari o‘g‘il) tarbiyalashyapti.

Sobiq Ittifoq davrida amalda bo‘lgan «Qahramon ona» unvoni Putinning farmoni bilan 2022-yilning avgustida tiklangan edi. Ushbu unvon 10 nafar va undan ortiq farzandlarni tug‘ib, tarbiyalagan rossiyalik ayollarga beriladi. Unvon bir martalik 1 mln rubl mukofot puli, tegishli yorliq va ordendan iborat.

Medni Qodirova, Yamal-Nenets muxtor okrugida yashovchi Olga Dextyarenko bilan birga, Rossiyada ushbu unvon bilan taqdirlangan ilk ayollar bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring