Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bodi-kamera 1-yanvardan ishlaydi

Bodi-kamera 1-yanvardan ishlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 556-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror talablariga ko‘ra yo‘l patrul xizmati inspektorlarini bodi-kameralar bilan ta’minlash hamda ularni ishga tushirish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.

Hukumat qarorida aytilishicha, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan ortiqcha sansalorlik va byurokratizm bodi-kameralar bilan o‘z vaqtida ta’minlanmaganiga sabab bo‘lgan.

Shu sababli Mudofaa sanoati qo‘mitasining o‘rinbosari X.B.Yusupovga va Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari R.M.Ergashevga hayfsan e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring