Ravshan Ermatov Kannavaroning maoshi bo‘yicha gaplarni izohladi
O‘FA o‘tkazayotgan matbuot anjumanida yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaroning maoshi haqida gapirib o‘tildi.
O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bunga izoh berdi:
"Kannavaro 4 million yevro olar ekan, degan xabarlar chiqdi. Aslida buning yarimi ham emas. Lekin etikaga ko‘ra, maoshni oshkor qila olmaymiz".
Eslatib o‘tamiz, 6-oktyabr kuni Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter