Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real»da o‘zgarishlar: Lopetegining o‘rniga Konte kelishi aytilmoqda

«Real»da o‘zgarishlar: Lopetegining o‘rniga Konte kelishi aytilmoqda

Foto: «Regnum»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi tez orada iste’foga chiqarilishi kutilyapti. Bu haqda «Football Espana» xabar berdi.

Nashrning yozishicha,  Italiya terma jamoasi, «Yuventus», «Chelsi» klublarining sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte uning o‘rniga«Real»ga kelishi mumkin.

Kuni kecha, 28-oktyabr kuni Ispaniya chempionati doirasidagi uchrashuvda «Real» o‘zining azaliy raqibi — «Barselona» maydonida 5:1 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Ayni paytda 14 ochko to‘plagan «Real» Ispaniya chempionatida to‘qqizinchi o‘rinda turibdi. «Barselona» esa 21 ochko bilan turnir jadvalini boshqarmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring