Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samarqand» aeroporti bugundan ish boshlaydi

«Samarqand» aeroporti bugundan ish boshlaydi

«Samarqand» xalqaro aeroporti bugun, 10 dekabrdan mintaqaviy va xalqaro qatnovlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

Qayd etilishicha, ayni paytda uzunligi 3 105 metr va kengligi 60 metrlik uchish-qo‘nish yo‘lagi, samolyotlar uchun 24 ta turargoh, uchish yo‘lakchasi va perronni o‘z ichiga olgan yangi aerodrom kompleksi qurilishi to‘liq yakunlangan. Shuningdek, aerodrom majmuasida IKAO ikkinchi toifasiga mos keladigan, zamonaviy, energiya tejovchi yorug‘lik signalizatsiya uskunalari va qo‘nish tizimi o‘rnatilgan. Aerovokzal majmuasining qurilishi davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Samarqand»  aeroporti 20 oktyabr kuni yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan yopilgan edi. Aviareyslar respublikaning boshqa – «Navoiy», «Buxoro», «Qarshi» xalqaro aeroportlariga vaqtincha yo‘naltilib, yo‘lovchilar uchun Samarqandgacha yer usti qatnovi tashkil qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring