Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda «Hyundai Sonata»ni olib qochgan maktab o‘quvchisi va uning sheriklari ushlandi

Samarqandda «Hyundai Sonata»ni olib qochgan maktab o‘quvchisi va uning sheriklari ushlandi

Samarqand shahrida shu yil 13-oktyabr kuni noma’lum shaxs «Oriyo Mexr» MChJ binosi oldida qarovsiz qoldirilgan shu MChJ rahbari D.T.ga tegishli «Hyundai Sonata» rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina shahardagi 72-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi binosi oldidan texnik soz holda topilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchilar I.L., 55-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi F.S. va T.X.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring