Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda dahshatli qotillik! Kelin qaynonani shafqatsizlarcha o‘ldirdi

Samarqandda dahshatli qotillik! Kelin qaynonani shafqatsizlarcha o‘ldirdi

2018-yil 24-iyun kuni Samarqand shahrida yashovchi M. shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, unda onasi X. 2018-yil 14-iyundan buyon bedarak yo‘qolganini bildirib, uni topishda yordam so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2018-yil 24-iyun kuni soat 23:00 larda X. ning jasadi shahardagi Yangiobod mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanalidan qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida marhuma X. ning kelini Sh. aybini bo‘yniga olish haqidagi iqrornomasiga ko‘ra, 2018-yil 14-iyun kuni soat 16:00 larda qaynonasi X. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro maishiy kelishmovchilik natijasida uyida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qaynonasi X.ga bir necha og‘ir jarohatlar yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan va murdani polietilen paket va gilamga o‘rab, voyaga yetmagan o‘g‘li A. yordamida uyining yerto‘lasiga olib tushib, jasadni yashirgan.

Shundan so‘ng, 2018-yil 19-iyun kuni Sh. sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida, jinoyatga aloqador bo‘lgan oshxona pichog‘i va ko‘rpachalarni Samarqand shahri hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga tashlab yuborgan. Ertasi kuni 2018-yil 20-iyunda X. ning jasadini ham ikki dona gilamga o‘rab, voyaga yetmagan o‘g‘li A. yordamida shu kanalga tashlab yuborgan.

2018-yil 25-iyunda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring