Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda sobiq harbiy xizmatchi ushlandi

Samarqandda sobiq harbiy xizmatchi ushlandi

U uy-joyga order olib berishni va’da qilib, firibgarlikka qo‘l urgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, sobiq harbiy xizmatchi D.L. fuqaro Sh.J.ga 14 500 AQSh dollari evaziga harbiy qismga tegishli uy-joyni doimiy yashash uchun order olib berishni va’da qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring