Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga eng bardoshli qon guruhi aniqlandi

Saratonga eng bardoshli qon guruhi aniqlandi

Foto: «Medportal.ru»

Shvetsiyaning Karolinska universiteti olimlari insonning qon guruhi va onkologik kasallik paydo bo‘lishi xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishdi, deb yozmoqda «Trud».

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sma kasalliklariga uchrash xavfi eng kam toifa bu — qoni ikkinchi guruhga mansub insonlardir. Olimlar 25 yillik tarixga ega bir necha mingta tibbiyot kartalarini o‘rganib chiqib, shu xulosaga kelishdi. Qolaversa, ushbu toifaga kiruvchilar boshqalarga nisbatan sog‘lom turmush tarziga ko‘proq amal qilishlari, zararli odatlarga mukkasidan ketmasligi ayon bo‘lgan.

Saraton qarshisida eng ojiz toifa sifatida qoni birinchi guruhga mansub insonlar ko‘rsatib o‘tildi. Chunki bu guruhga mansub insonlar noto‘g‘ri turmush tarzi borasida boshqalarni ortda qoldirib, o‘z salomatliklarini ko‘proq xavf ostiga qo‘yishadi.

Olimlarning fikricha, organizmning toksinlar, virus va bakteriyalardan himoyalanish xususiyati qon guruhi bilan bog‘liq. Ayni shu omil turli kasalliklarga moyillikni ham belgilab beradi.

Ammo ko‘p ham xavotirlanmang, kasal bo‘lish-bo‘lmasligingizda, baribir, turmush tarzingiz ko‘proq rol o‘ynaydi, deyishmoqda mutaxassislar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring