Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sardoba» o‘pirilishi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergovni DXX olib boradi

«Sardoba» o‘pirilishi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergovni DXX olib boradi

«Sardoba» suv omborining o‘pirilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilmayotgani xususida fikrlar bildirilayotgan edi. O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi tomonidan ma’lum qilinishicha, bu borada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Joriy yil 01 may kuni Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatildi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring