Sardor Mamadaliyev 8 mln so‘mdan oshiq jarimaga tortildi
Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan xonanda Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Fuqaro G. Jo‘rayeva tomonidan marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevdan meros bo‘lib qolgan «Ko‘rmisham», «Bandaman» hamda «Karvon» nomli musiqiy asarlarning uning ruxsatisiz Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish tegishli sudga yuborildi.
Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 177¹-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) baravari miqdorida – 8.240.000 (sakkiz million ikki yuz qirq ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter