Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Amaldagi chempion mag‘lubiyat bilan boshladi (video)

JCh-2018. Amaldagi chempion mag‘lubiyat bilan boshladi (video)

Foto: «Reuters»

Jahon chempionati o‘ziga xos syurprizlarni taqdim etishda davom etmoqda. «F» guruhida amaldagi chempion – Germaniya terma jamoasi Meksikaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida meksikaliklar hujumchisi Losano tomonidan kiritilgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi.

Ikkinchi bo‘limda nemislar raqibga bosim uyushtirishga uringan bo‘lsa-da, javob to‘pini kirita olmadi. Qarshi hujumlarda Meksikada ham hisobni yiriklashtirish uchun bir nechta imkoniyat bo‘ldi. Ammo ular ham Noyer darvozasini boshqa ishg‘ol qila olmadilar.

17-iyun, 20.00, «Lujniki»
Germaniya – Meksika 0:1
Gol
: 0:1 – 35 Losano.
Germaniya – Noyer, Boateng, Plattenxardt (Gomes, 79), Kimmix, Xummels, Xedira (Roys, 60), Kroos, Ozil, Draksler, Verner (Brandt, 86), Myuller.
Meksika – Ochoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (Alvares, 58), Guardado (Markes, 74), Losano (Ximenes, 66), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Moreno (40), Myuller (83), Xummels (84), Errera (90).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring