Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev «Biznes yuritish» yillik hisobotida kuchli yigirmatalikka kirishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev «Biznes yuritish» yillik hisobotida kuchli yigirmatalikka kirishni topshirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 13 iyul kuni «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, investitsiya muhitini yaxshilash sohasida olib borilayotgan islohotlarning strategik maqsadi – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun mamlakatda 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

15 noyabrga qadar e’lon qilingan «Biznes yuritish» hisoboti natijalarini o‘rganishni hamda u bo‘yicha keyinchalik Jahon banki va «Biznes yuritish» jamoasiga taqdim etish uchun o‘rganilayotgan har bir yo‘nalish kesimida asoslantirilgan dalillar va statistik ma’lumotlardan iborat sharhlar tayyorlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichi reyting tuzish metodologiyasi talablariga muvofiqligini baholagan holda «Biznes yuritish» hisobotlari tanqidiy o‘rganilib, har yili 1 dekabrga qadar «Biznes yuritish» hisobotida respublikaning alohida ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ishbilarmonlik muhiti va qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring