Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Eron vitse-prezidentini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Eron vitse-prezidentini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining vitse-prezidenti Suren Sattoriyni ham qabul qildi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Fan, innovatsiya va texnologiyalar sohasidagi qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring