Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)

Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)

Foto: «Sports.uz»

Yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilda WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgani haqida xabar berganmiz.

«Sports.uz» ma’lum qilishicha, Shohjahon navbatdagi jangini 19-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida o‘tkazadi. O‘sha kuni u ugandalik Juma Vasvaga qarshi jangda «WBA International» kamarini himoya qiladi.

Foto: «Sports.uz»

Ugandalik 37 yoshli bokschi professional boksda 13ta jang o‘tkazgan va shularning 10 tasida g‘alaba qozongan. Vasva ushbu g‘alabalarining 4 tasini raqibni texnik nokautga uchratish orqali qo‘lga kiritgan.

Shohjahon esa shu kungacha professional ringda 13ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 12tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring