Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shtaynmayer: «Germaniya jahon urushi uchun javobgarligini unutmaydi»

Shtaynmayer: «Germaniya jahon urushi uchun javobgarligini unutmaydi»

Foto: «Kremlin»

Ikkinchi jahon urushi boshlanganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan bugun, 1-sentyabr kuni Polshada o‘tkazilgan tadbirda qatnashgan GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer urush yillaridagi jinoyatlar uchun Germaniya javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi.

«Biz buning nomini urush deymiz, o‘sha jinoyatlarni yana qanday atash mumkin. Bu ulkan vayronkorliklar to‘lqini edi», — dedi Shtaynmayer.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, 1939-yil voqealari nemislar yo‘l qo‘ygan genotsid hisoblanadi va buni aslo unutish mumkin emas.

Xotira tadbirida so‘z olgan Polsha prezidenti Anjey Duda shunday dedi: «Hech qanday armiya, harbiy istehkom bo‘lmagan shaharga g‘arblik qo‘shnilar uchib kelib, bomba yog‘dirishini odamlar tasavvur ham qilishmagandi».

Uning aytishicha, dunyoda kelgusida shunga o‘xshash voqealar sodir etilmasligi uchun ham bu voqealarni unutmaslik kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring