Shuhratbek Abdurahmonov o‘qituvchilarning kechirim so‘rashiga munosabat bildirdi
Andijonda o‘qituvchilar tik turgan holda ota-onalar oldida uzr so‘ragani keng muhokamalarga sabab bo‘lgani va holat yuzasidan Xalq ta’limi vaziri bayonot bergani xabar qilingandi.
Vaziyat yuzasidan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham murojaat bilan chiqdi.
«Bugun ijtimoiy tarmoq, jamoatchilik vakillari orasida ko‘plab muhokamalarga va e’tirozlarga sabab bo‘layotgan holat, ustoz - murabbiylarimizning sha’ni va kadr-qimmatini obro‘sizlantirishga qaratilgan harakat ekanligini ko‘rish mumkin.
Bu bilan ustozlarimizga bo‘lgan e’tibor Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan ayni davrda «ayrim» rahbarlarning ma’naviyatsizligi va saviyasizligi kechirib bo‘lmas xatoni yuzaga keltirdi.
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Men Andijon viloyati hokimi sifatida mazkur holatni o‘z nazoratimga olib, meni boshchiligimda alohida ishchi guruh tuzildi.
Aytib o‘tish joizki, ushbu xatoga yo‘l qo‘ygan har qanday rahbarlarga qonunda belgilangan jazo choralarini ko‘rilishini ta’minlayman.
Andijonda hech bir ustoz va murabbiylarimiz bunday holatga tushishlariga yo‘l qo‘ymayman, zero doimo ustoz va murabbiylarimiz oldida ta’zimdamiz»,—deyiladi murojaatda.
Shuningdek, Marhamat tumani hokimi B.Yuldashev barcha ustoz-murabbiylardan holat uchun uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter