Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shveysariya aholisi sonini cheklash bo‘yicha referendumga yaqin qoldi

Shveysariya aholisi sonini cheklash bo‘yicha referendumga yaqin qoldi

Illyustrativ foto

Shveysariya aholisi sonini cheklash bo‘yicha referendum shu yilning 14-iyun sanasida bo‘lib o‘tadi, bu haqda mamlakat hukumati bayonot berdi.

Referendum o‘tkazish tashabbusi mamlakatdagi eng yirik o‘ng qanot Xalq partiyasi (SVP) tomonidan ilgari surilgan. «10 millionlik Shveysariyaga yo‘q deymiz!» deb nomlangan ushbu tashabbusga ko‘ra, aholi sonining tez o‘sishi uy-joy narxi oshishiga, tirbandliklarga va tibbiyot hamda ta’lim tizimiga ortiqcha yuklama olib kelmoqda. Aniqroq aytganda, 2050-yilga borib aholi soni 10 milliondan oshmasligi kerak.

Bugungi kunda Shveysariya aholisi taxminan 9,1 million kishini tashkil etadi (so‘nggi 20 yilda migratsiya hisobiga 1,7 millionga ko‘paygan).

Referendumda tashabbus qo‘llansa, mamlakat aholisi ushbu muddatdan oldin 9,5 milliondan oshib ketsa, rasmiylar kvotalarni, jumladan, boshpana berish va oilalarni birlashtirish kvotalarini qisqartirishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring