Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 10 ming kishi ishlaydigan korxona tashkil etilmoqda (foto)

Sirdaryoda 10 ming kishi ishlaydigan korxona tashkil etilmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Ertaga, 22-iyul kuni Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Navbahor suv iste’molchilar uyushmasida «NCG ENGINEERING BOYOVUT» xorijiy korxonasining ramziy poydevorini qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat hokimligi axborot xizmatidan xabar berishdi.

Ushbu xorijiy korxona Koreya Respublikasining nufuzli «KOR NCG ENGINEYeRING SO., Ltd.» korxonasi hamkorligida viloyat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali bunyod etilmoqda.

E’tiborlisi, ushbu xorijiy korxona ishga tushirilishi natijasida Sirdaryo viloyatida 50 dan ortiq xalq ist’yemoli mollari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, 10 000 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring