Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda gaz uchun qarzni undirishga kelgan shaxs qotillik qurboni bo‘ldi (foto)

Sirdaryoda gaz uchun qarzni undirishga kelgan shaxs qotillik qurboni bo‘ldi (foto)

Foto: @Sirdaryo

Sirdaryo tumani IIB xabariga ko‘ra, Sirdaryo tumanida qasddan badanga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan.

Tafsilotlarga ko‘ra, 2020-yil 9-oktyabr kuni soat 18:50 da fuqaro F.K.ning Sirdaryo tumani IIBga bergan og‘zaki xabarida, 2020-yil 9-oktyabr kuni soat taxminan 18:00 larda, Sirdaryo tumani «Do‘stlik» MFYda yashab kelishini va o‘zi F.K. yashash xonadoniga o‘zini Sirdaryo tuman gaz nazoratchisi deb tanishtirgan fuqaro Q.Sh. kelib gaz hisoblagichini tekshirib, undan foydalanilgan gaz uchun qarzini to‘lashni so‘ragan vaqtida, o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik chiqib, tortishib, mushtlashganligi, natijada fuqaro F.K. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan fuqaro Q.Sh.ni badanining bir nechta joylariga urib tan jarohati yetqazgan.

Natijada fuqaro Q.Sh. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring