Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq rahbar tadbirkorning qariyb bir milliard so‘mlik mulkini talon-toroj qildi

Sobiq rahbar tadbirkorning qariyb bir milliard so‘mlik mulkini talon-toroj qildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «F-Ph.» MChJ sobiq rahbari Z.Yu. (muqaddam sudlangan) «A.S» MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan 925,2 mln so‘mlik dori-darmon vositalarini notanish shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, mazkur mablag‘larni MChJ hisob raqamiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring