Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sony» 48 megapiksel kamerali smartfon chiqaradi

«Sony» 48 megapiksel kamerali smartfon chiqaradi

Foto: «TechRadar.com»

«Sony» kompaniyasi 48 megapikselli «IMX586» sensorini chiqarishini ma’lum qildi, bu kamerani yaponlarning yangi flagman smartfonlaridan birida ko‘ramiz. Qurilma taqdimoti avgustda bo‘lishini «TechRadar» xabar qilgan.

«IMX586» sensori mobil qurilmalar bozori uchun rekord ko‘rsatkich — 48 megapikselga ega. Ishlab chiqaruvchi tasvir sifatining o‘ta yuqori bo‘lishiga va’da bergan, bu jumladan, zum va yorug‘lik past bo‘lgan holatlar uchun ham taaaluqli.

Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Berlinda avgust oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan «IFA 2018» ko‘rgazmasida taqdim etiladigan «Sony Xperia XZ3» smartfoniga shu kamera o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring