Sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi va muddatlari belgilandi
«Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida» gi Qonun (O‘RQ–1152-son, 11.06.2026-y.) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tadqiqotlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur tadqiqot obyektlarini hamda ish materiallarini taqdim etadi.
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tadqiqot uchun namunalar oladi va ularni protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda ishga qo‘shib qo‘yadi.
Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari 30 kalendar kundan iboratdir.
Sud ekspertizasini 30 kun mobaynida o‘tkazish imkoni bo‘lmaganda, ekspertiza tayinlagan organga (shaxsga) muddat tugashiga 3 ish kuni qolguniga qadar bu xabar qilinadi va mazkur organ (shaxs) bilan kelishilgan muddatgacha uzaytirilishi mumkin.
Sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tadqiqotlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha sud eksperti yoxud sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir sud eksperti imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter