Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar oliy kengashi huzurida «Sudyalar klubi» tashkil etilmoqda

Sudyalar oliy kengashi huzurida «Sudyalar klubi» tashkil etilmoqda

Illyustrativ foto

Xabar qilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni chiqdi.

Mazkur huquqiy hujjatda sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida «Ibratli sudya» mukofoti, odil sudlovni amalga oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiyaga chiqqan sudyalar uchun «Sud faxriysi» ko‘krak nishoni ham joriy etilishi belgilandi.

Bundan tashqari Sudyalar oliy kengashi huzurida «Sudyalar klubi» ham tashkil etiladi.

«Sudyalar klubi» amaldagi moddiy va protsessual huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qo‘llanilishi yuzasidan so‘rovlariga tushuntirishlar beradi.

Klub o‘z faoliyatini jamoatchilik va Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Nizom  asosida amalga oshiradi, uning doimiy mas’ul a’zolari tarkibi ko‘p yillik ish tajribasiga, chuqur bilim va yuksak obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan amaldagi va faxriy sudyalar orasidan shakllantiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring