Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi tafovutni yanada chuqurlashtiradi — Anthropic

Sun’iy intellekt boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi tafovutni yanada chuqurlashtiradi — Anthropic

Foto: Ferra.ru

Claude chat-botini ishlab chiqqan Anthropic kompaniyasi sun’iy intellekt boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi tafovutni yanada chuqurlashtirishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Sababi — sun’iy intellekt uchun ko‘p xarajat va murakkab infratuzilma kerak. Shu bois yangi texnologiyalar asosan rivojlangan mamlakatlar foydasiga ishlashi mumkin.

Claude orqali o‘tkazilgan ikki milliondan ortiq muloqot tahlili ko‘rsatishicha, boy mamlakatlar kambag‘al mamlakatlarga qaraganda sun’iy intellektni ancha tez o‘zlashtirmoqda va hozircha vaziyat yaxshilanayotganiga hech qanday ishora yo‘q. Microsoft tadqiqoti ham buni tasdiqlaydi: «global shimol» sun’iy intellektni «global janub», ya’ni uchinchi dunyoga qaraganda qariyb ikki baravar tezroq joriy etmoqda.

O‘z-o‘zidan, bu ziddiyat mintaqalar turmush darajasidagi tafovutni yanada chuqurlashtirishi ehtimoldan xoli emas.

Ammo MIT tadqiqoti generativ sun’iy intellektga sarmoya kiritgan kompaniyalarning 95 foizi hali ham sof foydaga kirmaganini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring