Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Superto‘fon Yaponiyaga zarba berdi

Superto‘fon Yaponiyaga zarba berdi

Foto: «NASA»

Yaponiyada «Xayshen» dovuli natijasida qariyb yarim million kishi elektr tokisiz qoldi, deya xabar berdi «Vesti».

Superto‘fon Yaponiyaga janub tomondan yopirildi. Shamol tezligi ba’zi joylarda soniyasiga 60 metr yoki 216 km/soatga yetadi. Asosiy zarbani Kyusyu oroli o‘ziga qabul qilib oldi. Bugun, ya’ni 7-sentyabr kuni 18:00 gacha Kyusyuga 500 millimetrgacha yog‘ingarchilik tushishi mumkin.

Hozirgi vaqtda 17 kishi jarohatlangani, taxminan yarim million kishi elektr tokisiz qolgani aytilmoqda. Hukumat qariyb 9 million kishini evakuatsiya qilishga chaqirgan. Butun Yaponiya bo‘ylab yuzlab ichki avia qatnovlar bekor qilindi, tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatildi.

Yaqin orada to‘fon Koreya qirg‘oqlariga yetib borib, keyin esa Rossiyaning Primore o‘lkasiga zarba berishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring