Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda mudhish avtohalokat: haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Surxondaryoda mudhish avtohalokat: haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Foto: «RUSdtp.ru»

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Hayitobod mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1572 kilometrida harakat xavfsizligi bilan bog‘liq mudhish hodisa sodir bo‘ldi.

«VAZ-2106» rusumli avtomashinasi Qumqo‘rg‘on – Jarqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotganida qarama-qarshi tomondan kelayotgan «Matiz» avtomashina harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan va to‘qnashuv yuzaga kelgan. Oqibatda «Matiz» haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi hamda «VAZ-2106» rusumli avtomashinada bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari sabab tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Bir yo‘lovchi va «VAZ-2106» rusumli avtomashinasi haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Mazkur voqea yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring