Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tadbirkorlar maktabi»ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda

«Tadbirkorlar maktabi»ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda

«O‘zsanoatqurilishbank» va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida «OʻzqurilishmaterialLITI» MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan «Tadbirkorlar maktabi»ga sakkizinchi mavsum uchun qabul boshlandi.

«Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari o‘z malakalari va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

Markazda 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 40 nafar tinglovchini qamrab olish imkoniyati mavjud.

Mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida quyidagi 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi:

– Devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– issiqlik saqlovchi qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– pardozbop qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– pol qoplamalari va to‘shamalar ishlab chiqarish texnologiyasi.

72 soatga mo‘ljallangan kurslar chuqur malaka va ko‘nikmaga ega fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan o‘tkaziladi. Buning uchun o‘quv markazi zarur ta’lim vositalari va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan bo‘lib, yetarli adabiyotlar fondi ham shakllantirilgan.

O‘tgan mavsumlarda jami 100 nafarga yaqin tinglovchi o‘z bilim va malakalarini oshirib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi. Hozirda «Tadbirkorlar maktabi»ga sakkizinchi mavsum uchun talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Shoshiling! O‘quv kurslari mutlaqo bepul!

O‘quv markazida viloyatlardagi xohlovchilar uchun online tarzda bilim olish imkoniyati yaratildi.
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi 68-a uy. «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi binosi.

Batafsil ma’lumotlar olish uchun +99894 5766900, +99833 5769595, +99871 2549201 telefon raqamlari, q.m.liti2017@mail.ru elektron pochtaci va tadbirkormaktab.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring