Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tamakisoz» uyushmasi tarkibi tamaki va nikotindan iborat mahsulotlarni tartibga solishga chaqirdi

«Tamakisoz» uyushmasi tarkibi tamaki va nikotindan iborat mahsulotlarni tartibga solishga chaqirdi

«Tamakisoz» uyushmasi tamaki va nikotindan tarkib topgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va chakana sotuvchilar manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilot hisoblanadi.

30 may sanasida Butunjahon veyp kuni (World vape day) nishonlanadi. «Tamakisoz» Assotsiatsiyasining ta’kidlashicha, hozirda tamaki chekishdan kelib chiqadigan zararni kamaytirishda veypingning o‘rnini ko‘rsatadigan yetarli miqdordagi ilmiy tadqiqotlar to‘plangan.

Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Kanada kabi yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hukumatlari va sog‘liqni saqlash vazirliklari tamaki chekish ortidan ko‘riladigan zararni kamaytirish maqsadida veypingni targ‘ib qilishning afzalliklarini tan olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi sharoitida katta yoshdagi chekuvchilar (3 millionga yaqin odam) va nosvoy iste’molchilarini (2,5 millionga yaqin odam) boshqa alternativga o‘tkazish orqali mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi yukni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

Shu bilan birga, «Tamakisoz» uyushmasi veyping ham zararli ekanini tan oladi, shuning uchun davlat tomonidan veyp ishlab chiqarish, import va boshqa muomalalar har tomonlama tartibga solinishi lozim.

«Tamakisoz» uyushmasi yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan veyp va nikotinni o‘z ichiga olgan suyuqlikka nisbatan ko‘plab talablar o‘rnatilgan texnik reglament qabul qilinganini qo‘llab-quvvatlaydi va bu talablar O‘zbekistondagi 70 mingdan ortiq katta yoshdagi veyperlar uchun mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi, deb hisoblaydi.

«Tamakisoz» uyushmasining fikricha, huquqiy tartibga solishni takomillashtirish sohasidagi navbatdagi mantiqiy qadam 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga veyplarni sotishga ruxsat beruvchi vijdonsiz sotuvchilarning javobgarligini oshirishdan iborat bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring