Taomlanish bahona — bu yerda mutolaa qilish ham mumkin (foto)
Bugun, 12-aprel kuni poytaxtimizdagi «Milliy bog‘» metro bekati yonida «Azon cafe» ishga tushdi.
Zamonaviy ko‘rinish va milliy uyg‘unlikda bezatilgan kafeda mijozlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ushbu tamaddixonaning boshqalardan farqi nimada? Bu yerda ovqatlanish bilan birga, turli kitoblarni xarid qilish mumkin. Xonalarda o‘ziga xos uslubda yasalgan kitob javonlariga tartib bilan kitoblar joylashtirilgan.
Bu yerga oilaviy kelish mumkin, ayollar va erkaklar uchun alohida xonalar tashkil etilgan. Yetkazib berish xizmati ham mavjud.
«Azon cafe» jamoasi Ramazon oyida saharlik va iftorlikka turli taomlarni tayyorlab, tashrif buyuruvchilarga sifatli xizmat qilishni maqsad qilgan.
Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan afzal, degan naql bor. Albatta, kelganlar afsus qilishmaydi, taomlanish bahonasida do‘stlar bilan diydorlashish, mutolaa qilish, eng muhimi, kitob xarid qilish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter