TATUda texnik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Huawei o‘quv markazi ochildi
2025 yil 21 oktyabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Huawei kompaniyasining AKT sohasi texnik mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv markazi ochildi. O‘quv markazi o‘zida AKT yo‘nalishlariga ega universitet, kasb-hunar kollejlari va litsey talabalarini , shuningdek pudrat tashkilotlari mutaxassislari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘qitish uchun telekommunikatsiya uskunalari bilan ma’ruza sinfi va xonasini mujassam etadi.

Ochilish marosimida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining rahbariyati va o‘quv markazida tahsil olayotgan City Net pudrat tashkiloti xodimlari qatoridan birinchi guruh ishtirokchilari qatnashdilar.
«Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli bilimlarni rivojlantirish va mamlakatda raqamli transformatsiyani jadallashtirish maqsadida AKT iste’dodlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ta’lim tashabbuslari va dasturlarini amalga oshirishga chuqur sodiqdir. TATUda AKT sohasi mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish bo‘yicha o‘quv markazining ochilishi universitet bilan nafaqat soha mutaxassislari, balki bevosita texnik yordam ko‘rsatadigan va mahalliy aloqa operatorlari, davlat va korporativ sektorlar tarmoqlarida uskunalarni o‘rnatish va sozlash ishlarini olib borayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni yanada ko‘proq birlashtirishga yordam beradi» - dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi kadrlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Kevin Vey.

O‘quv markazida o‘qitish formati ob’yektlarda amalga oshirish uchun Simsiz va MW (MicroWave) mahsulotlari bo‘yicha texnik ko‘nikmalarni egallash uchun ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlardan tashkil topadi:
1-Modul:
⦁ Texnik mahsulotlar nazariyasi va raqamli vositalarga o‘qitish;
⦁ Simsiz uskunalar bilan tanishish;
⦁ MW (MicroWave) uskunalari haqida qisqacha ma’lumot;
⦁ Apparatlar xonasidagi uskunalar bilan tanishish (elektr ta’minoti, Wireless, MW);
⦁ Uskunani o‘rnatish bo‘yicha TSSR (loyiha hajmlari) talqini;
⦁ Misolida dizaynga kirish;
⦁ EHS (Texnika xavfsizligi qoidalari va atrof-muhitni muhofaza qilish) bo‘yicha trening
⦁ QC shablonlarini talqin qilish (sifat nazorati) va QC uchun ISDP mobile’dan foydalanish;
⦁ Sifatni (QC) va joylardagi ishlari nazorat qilish;
⦁ Huawei bilan qanday qilib biznes yuritish mumkin;
⦁ ISDP bilan loyihalarni raqamli amalga oshirish;

2-Modul:
⦁ Texnik mahsulotlar nazariyasi va raqamli vositalarga o‘qitish;
⦁ Saytda va EHSDA kelish va ketishni ro‘yxatdan o‘tkazish (Texnika xavfsizligi qoidalari va atrof-muhitni muhofaza qilish);
⦁ Qurilmani o‘rnatish (elektr ta’minoti, Wireless, MW);
⦁ Smart QC bo‘yicha amaliyot;
Kursni tugatgandan va attestatsiyadan so‘ng talabalar Huawei kompaniyasi tomonidan sertifikatga ega bo‘ladilar.

Huawei kompaniyasi va TATU O‘zbekistondagi AKT dasturlariga ega bo‘lgan barcha manfaatdor o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarini o‘z talabalariga o‘quv markazida o‘z talabalari uchun o‘qishni tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqishga taklif qilmoqda. Treningni tashkil etish bo‘yicha maslahatlarni elektron pochta manzillariga ariza yuborish orqali olish mumkin: dilshod.saidov@h-partners.com yoki shu telefon raqami (+998 94 412 77 99 ) boyicha murojaat qilishingiz mumkun.
Huawei kompaniyasi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish sohasida uzoq muddatli hamkorlikka ega. Shu tariqa, 2025 yil sentyabr oyida TATUning 70 yilligi munosabati bilan «aqlli» ta’lim kontsepsiyasi asosida Huawei ICT Academy’ning o‘quv xonasi ochildi, u ilg‘or AKT yechimlari, ta’lim dasturlari, Wi-Fi 7 tarmog‘i, IdeaHub interaktiv panellari, shuningdek Huawei Cloud bulutli videokonferensiya xizmatini o‘zida mujassam etadi. TATU talabalari Seeds for the Future va Huawei ICT Academy kabi ta’lim loyihalarining faol ishtirokchilari.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter