Telegramda yangilik: smartfondagi videoni televizor ham ko‘rsatadi

Telegram messenjeriga Google Cast protokoli tatbiq etildi: u foto va videolarni smartfondan televizorga translyasiya qilish imkonini beradi. Bu haqda Beta Info telegram-kanali xabar berdi.
Hozircha yangi imkoniyat Telegramning androidlar uchun beta-versiyasida bor. Aytishlaricha, bu funksiya chatlardagi foto va videolarni hamda kanallardagi mediafayllarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta ekranda ko‘rsatadi.
Fayllarni yoqish/o‘chirish bevosita Telegram ilovasidan boshqarilishi ham mumkin. Translyasiya funksiyasi Android yoki iPhone uchun messenejerning barqaror talqinida qachon paydo bo‘lishi hozircha noma’lum. Ayni paytda translyasiya funksiyasi faqat mediafayllarni tomosha qilish vositasida ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter