Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda temir yo‘l izida uxlab yotgan fuqaroni poyezd bosib ketdi

Namanganda temir yo‘l izida uxlab yotgan fuqaroni poyezd bosib ketdi

Joriy yil 22-iyul kuni soat 23:55larda Namangan viloyati Chortoq tumani Navbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi Chortoq – Uychi temir yo‘l oralig‘ining 111-kilometri 8-bekatida Qo‘qon lokomativ deposi Andijon filialiga qarashli teplovoz harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda temir yo‘l izida uxlab yotgan fuqaroni ko‘rgan mashinist signal orqali uni uyg‘otishga va poyezdni to‘xtatishga harakat qilgan. Biroq, afsuski, shovqindan fuqaro uyg‘onmagan. Poyezd ham to‘xtashga kechikkan.

Oqibatda baxtsiz hodisa ro‘y bergan.

Hodisa natijasida og‘ir tan jarohati olgan 4 nafar farzandning otasi 57 yoshli fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, joriy yil 27-iyul kuni Chortoq tumani shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Holat yuzasidan voqea sodir bo‘lgan hududda yashovchi aholi va temir yo‘l ishchi xodimlari bilan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda bu kabi halokatlarni keltirib chiqarayotgan omillar va ularni bartaraf etish borasida fikr va takliflar eshitildi.

 

  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring