Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondagi portlashda bolalar qurbon bo‘ldi

Afg‘onistondagi portlashda bolalar qurbon bo‘ldi

Foto: «AA.com»

Afg‘oniston g‘arbidagi Faryob viloyatining Shirin Tagob tumanida yo‘l bo‘yiga joylashtirilgan bombaning harakatga keltirilishi oqibatida 7 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda «Haber7.com» sayti xabar bermoqda.

Shirin Tagob tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘ulom Alining ma’lum qilishicha, tumanning Qo‘h Sayyod qishlog‘ida yo‘l bo‘yiga joylashtirilgan bomba bolalar atrofda o‘yin o‘ynayotgan payti portlab ketgan.

Portlash oqibatida 7 nafar bola halok bo‘lgan, 5 bola yaralangan. Yaralanganlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

G‘ulom Ali voqeani «Tolibon» jangarilari uyushtirganini ma’lum qildi. Lekin voqeani hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring