Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test natijalarini e’lon qilish ortga surildi

Test natijalarini e’lon qilish ortga surildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 21-avgustda e’lon qilinishi mo‘ljallangan 2019-2020-o‘quv yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining natijalari ortga surildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi e’lonida ma’lum qilindi.

E’londa bildirilishicha, bugun Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ishtirokidagi brifingga o‘tkaziladi va tadbirda 2019/2020-o‘quv yillari oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlari tanlovi bo‘yicha ma’lumot taqdim etiladi. Shuningdek, 21-avgustda e’lon qilinishi mo‘ljallangan mandat natijalari ma’lum kunlar orqaga surilishi yuzasidan ham axborot beriladi.

Test natijalari ortga surilishi sabablari va qachon e’lon qilinishi bugun soat 15:00da bo‘ladigan ushbu brifingda ma’lum qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring