Tibet: Xitoyda koronavirus yetib bormagan hudud qolmadi
Xitoy janubi-g‘arbidagi Tibet muxtor tumanida yangi turdagi pnevmoniya bilan kasallangan birinchi odam aniqlandi. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Tibet — 2019-nCoV virusidan xoli Xitoydagi yagona hudud edi. Sutka mobaynida Xitoyda yana 1737 kishida kasallik aniqlandi, 38 kishi dunyodan ko‘z yumdi. Deyarli barcha o‘lim holatlari virus birinchi bo‘lib tarqagan hudud Xubey provinsiyasida qayd etildi.
«Regnum» xabariga ko‘ra, 30 yanvarga kelib, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7711 kishini, o‘lganlar soni 170 kishini tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter