O‘zbekiston TIV Ozarbayjon elchixonasiga qilingan hujumni qoralab chiqdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2022-yil 4-avgust kuni Ozarbayjonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasiga g‘arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat’iy qoralab chiqdi.
«Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz.
Hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqiramiz», deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston tomoni qardosh Ozarbayjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter