Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda elektr energiyasi uchun tariflar oshishi kutilmoqda

Tojikistonda elektr energiyasi uchun tariflar oshishi kutilmoqda

Foto:«Youtube.com»

Tojikiston hukumati elektr energiyasi uchun tariflarni 15 %ga oshirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Dushanbe shahri «Barki Tojik»  OAXXB rahbari Mirzo Ismoilzoda ma’lum qildi.

Mirzo Ismoilzodaning so‘zlariga ko‘ra, ishchi guruhi tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan tariflarni oshirish bo‘yicha variantlarini taqdim etdi.

«Rasmiy vazirlik va idoralar bu masalani o‘rganib chiqib, natijalarini hukumatga yetkazishadi, bu esa yakuniy qarorni qabul qiladi. Albatta bu borada mamlakat aholisining ijtimoiy holatini hisobga olinadi», deb ta’kidladi davlat energetika xolding rahbari.

Bundan tashqari u  «Agar hukumatning tegishli qarorlari tariflarni ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilsa, biz uni bajarishimiz kerak » ,-dedi.

Ma’lumot uchun so‘nggi marta Tojikistonda elektr energiyasi tariflari o‘tgan yilning 1 oktyabrida ko‘tarilgan edi. Hozirgi vaqtda aholi har bir kVt uchun 16,85 dirham to‘laydi. Agar hukumat taklif qilinayotgan 15 % li o‘sishni tasdiqlasa, aholi uchun elektr energiyasi narxi kilovot uchun 19,37 dirhamni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring