Tojikistonda ketma-ket zilzila sodir bo‘lmoqda

Bugun, 23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 05:37 da (23.02.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 00:37 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning magnitudasi M=5,8 ni tashkil etib, O‘zbekistonning qator hududlarida 3-4 ball atrofida sezilgani xabar qilingandi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, oradan biroz o‘tib Tojikistonda yana ikki zilzila qayd etilgan.
Toshkent vaqti bilan 05:55 da magnituda M=4,7, soat 06:06 da magnituda M=4,2 bo‘ldi.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 435 km, 452 km va 458 km janubiy-sharqda sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter