Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Tojikistonda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Foto: «news.tj»

Kecha, 8-iyul kuni Tojikistonda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, deb xabar bermoqda «news.tj».

Samarqand shahrida yashovchi 27 yoshli Hamdamqul Azimov «Shevrolet» rusumli avtomobilida boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashina Varzob daryosiga qulagan. Halokat qurboni jasadini qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar bergan Tojikiston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring