Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘qayev Qozog‘istonda yangi siyosiy va iqtisodiy davr boshlanganini e’lon qildi

To‘qayev Qozog‘istonda yangi siyosiy va iqtisodiy davr boshlanganini e’lon qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani haqidagi Exit poll natijalari e’lon qilinganidan keyin o‘zining respublika saylovoldi shtabida nutq so‘zlab, mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar bo‘lishini va’da qildi.

Tokayevning aytishicha, u va uning jamoasi fuqarolar farovonligini oshiradi. Biroq, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatga birdamlik kerak.

«Iqtisodiyotda keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. Fuqarolar farovonligini yaxshilaymiz. Bu maqsadlarning barchasini hayotga tatbiq etish uchun bizga hamjihatlik kerak. Shu bois barchangizni hamjihatlikka chaqiraman», – deydi To‘qayev.

Bundan tashqari, To‘qayev Qozog‘istonda yangi siyosiy davr boshlanganligini ta’kidladi.

«Prezidentlik saylovi yangi siyosiy davrni ochadi va kelajakda hokimiyatning barcha asosiy institutlari isloh qilinadi».

Eslatib o‘tamiz, To‘qayev navbatdan tashqari saylovlarda 80 foizdan ortiq natija bilan g‘alaba qozondi.

Saylovda 70 foizdan ortiq fuqaro ishtirok etdi.

Uni g‘alaba bilan birinchi bo‘lib Qozog‘istonning sobiq rahbari Nazarboyev tabrikladi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring