Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Podpolkovnik Baxtiyor Nig‘monov IIV Toshkent shahar Yo‘l-harakati xavfsizligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Toshkent shahar yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «UzNews.uz» xabar berdi.
Shu vaqtga qadar bu lavozimda Jamshid Jo‘rayev faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Nashrning ma’lum qilishicha, Baxtiyor Nig‘monov bugunga qadar Toshkent shahridagi 3 ta tuman, ya’ni Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida batalon komandiri sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter