Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatiga 17 nafar notarius kerak

Toshkent viloyatiga 17 nafar notarius kerak

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 17 nafar notarius lavozimlariga tanlov hujjatlarini qabul qilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati davlat notarial idoralari uchun 40 nafar notarius yordamchisi hamda 18 nafar notarius kotibi lavozimlariga tanlov o‘tkazilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslarning hujjatlari Toshkent viloyati adliya boshqarmasida qabul qilinishi bildirilgan.

Batafsil ma’lumotlar  hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar Adliya vazirligi hamda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi saytlarida keltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring