Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi

Toshkentda 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi. Tuman hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, ushbu hududda ichimlik suvi ta’minotidagi quvurlardan birida avariya holati aniqlangan va tuman suv tarmoqlari bo‘limi tomonidan holatni bartaraf etishda qazish ishlari olib borilgan. Qazish ishlari yo‘lning avtomobillar uchun qatnov qismida bo‘lgani sababli ogohlantirish belgilari joylashtirilgan, piyodalar yo‘lagida harakatlanish mumkin bo‘lgan. 

Yo‘lovchilarning e’tiborsizligi oqibatida 6 yoshlardagi A.A. onasidan oldinroq borib, chuqurlikka tushgan va ushbu hududdagi fuqarolar tomonidan chiqarib olingan. Avariya holatini bartaraf etishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va noqulayliklar uchun tuman suv tarmoqlari bo‘limi uzr so‘ragan. Hududdagi betartiblikni bartaraf etish, jarayonlarda yo‘lovchi va  avtomobillar uchun ogohlantirish belgilari, xavfsiz harakatlanish choralari ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring