Toshkentda 9 mamlakat elchilari bilan G‘azodagi vaziyat muhokama qilindi
Bugun, 27-oktyabr kuni Toshkenda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Falastin va Isroil hamda yana 7 ta mamlakat elchilari bilan uchrashdi. Ular G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilishgan.
O‘zbekistonning tashqi siyosat masalalariga mas’ul Baxtiyor Saidovning yozishicha, O‘zbekiston hukumati tomonlarni «mojaroni to‘xtatishga, yechim topish uchun faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquq me’yorlaridan foydalanishga» chaqiradi.
– Bugun Tashqi ishlar vaziligida BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini qabul qildik. Boshqa masalalar qatorida G‘azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashdik. Biz yana bir bor barcha tomonlarni tinch aholi orasida minglab insonlar, jumladan, bolalar qurbon bo‘layotgan qurolli mojaroni to‘xtatishga, yechim topish uchun faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquq me’yorlaridan foydalanishga chaqiramiz, – deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter